AsosiyJamiyat

Andijonda kiyim do‘koni va unga tutash xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

'Andijonda kiyim do‘koni va unga tutash xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 14 avgust kuni soat 15:54 da Andijon shahar "O‘zbekiston 20 yilligi" MFY Furqat ko‘chasida joylashgan fuqaro M.I.ning yashash uyi hamda yashash uyiga tutash bo‘lgan kiyim-kechak do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati FVB xabar berdi. 

Coat 16:02 da aytilgan manzilga YOQElari yetib borgan va soat 16:20 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida yashash uyining hamda kiyim-kechak do‘konining 70 m.kv maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in natijasida tan jarohati holatlari qayd etilmadi. Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar