AsosiySport

O`zbekiston kiber futbol o`yinlari Assosiasiyasi O`zbekiston Futbol Federasiyasi a`zoliliga qabul qilindi

2016 yilning 30 noyabr kuni “Bunyodkor” stadionidagi anjumanlar zalida O`zbekiston kiber futbol o`yinlari assosiasiyasi (Uzbekistan Cyber Football Games Association – UCFGA)ning kelajakdagi dasturlari va rejalari xamda PCFL (Professional Cyber Football League) Oliy va Birinchi ligalari ochilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Anjumanning asosiy mavzusi O`zbekiston kiber futbol o`yinlari assosiasiyasining O`zbekiston Futbol Federasiyasi a`zoliliga qabul qilingani bo`ldi.

Shuningdek, anjuman davomida jurnalistlar tomonidan Oliy va Birinchi liga ochilishiga alokador barcha savollarga O`zbekiston kiber futbol o`yinlari assosiasiyasi rahbarlari javob berdi hamda UCFGA’ning reglamenti, qonun-qoidalari, ishtirokchilar ro`yxati kelishib olindi.

UCFGA prezidenti Azizbek Pattohovning aytishicha, 2017 yil MDH hamda Osiyo mamlakatlari o`rtasida alohida-alohida turnirlarni Toshkentda tashkil qilish rejasi ko`zda tutilgan. Bu esa O`zbekiston kiber futbolini dunyoga tanitish uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, matbuot anjumanida O`zbekiston kiber futbol o`yinlari assosiasiyasi kiberfutbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasiga asos solingani haqida ma`lum qilindi. Unga “Qo`qon-1912” a`zosi Dilshod Matyoqubov bosh murabbiy etib tayinlandi. “Nasaf” vakili Xislat Umarov esa terma jamoa sardori bo`ldi. Milliy terma jamoaning qolgan a`zolari Oliy Ligada o`zini ko`rsatgan o`yinchilar orasidan saralab olinadi.

Turli telekanal jurnalistlaridan tashqari matbuot anjumanida O`zbekiston Futbol Federasiyasi xamda “Bunyodkor” klubi vakilari ishtirok etdi. Assosiasiya tomonidan ularga hamkorlik va qullab-quvvatlab kelayotganlari uchun minnatdorchilik sifatida maxsus estalik sovg`alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar