AsosiyJamiyat

6 ta viloyatda suv bosish xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va dam oluvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

'6 ta viloyatda suv bosish xavfi e’lon qilindi'ning rasmi

"O‘zgidromet" joriy yilning 18-19 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida suv bosish xavfidan ogohlantirmoqda.

 Jumladan:

Qashqadaryo viloyati:

Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Samarqand viloyati:

Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Jizzax viloyati:

Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati:

Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati:

Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati:

So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati:

Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fargʻonada ikki ayol mast holida jamoat tartibini buzdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:58

    Fargʻonada ikki ayol mast holida jamoat tartibini buzdi

    Ayollarga qonuniy chora koʻrish maqsadida ish materiallari sudga yuborilgan.

    'Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:08

    Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi

    Shavkat Mirziyoyevni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov kutib oldi.

    'Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

    21 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 21:52

    Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi

    Avtobus haydovchisi to‘xtab turgan avtobusdan qo‘l tormozini tortmasdan tushib, old tomoniga o‘tgan.

    'Farg‘onada Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan 49 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 21:02

    Farg‘onada Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan 49 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi.

    Fuqaro bu ishidan pushaymonligini bildirgan. Sud hukmiga ko‘ra u…