AsosiySiyosat

Prezident qo‘shma korxonaning yangi loyihasi bilan tanishdi

Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini sanoat salohiyati bilan tanishishdan boshladi.

'Prezident qo‘shma korxonaning yangi loyihasi bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini sanoat salohiyati bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

“Nukus Elestroapparat” qo‘shma korxonasi 2017 yilda ishga tushgan, unda elektr energiyasi tarmog‘i uchun kuchlanish qurilmalari ishlab chiqariladi. Joriy yil iyunda bu yerda 10 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga quyosh panellarini yasash loyihasi ishga tushirildi. Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirib o‘rnatildi. Ishlab chiqarish jarayoni 100 foiz avtomatlashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming dona.

Bu mamlakatimizda muqobil energetikadan foydalanish borasidagi ishlarda qo‘l keladi. Hozirgacha turli inshoot va xonadonlarda 600 megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Bu hali davom etadi.

Qo‘shma korxona ichki bozorda talab yuqori mahsulotni mahalliylashtirish bilan birga 4 million dollarlik eksport imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 70 kishi ish bilan ta’minlandi.

Davlatlarimiz rahbari ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga bunday korxonalarni ko‘paytirish, ularda bozor talabi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

Zavodning o‘zida ham 125 kilovatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Undan olingan elektr ichki ehtiyojlar uchun ishlatiladi, ortiqchasi hududiy elektr tarmog‘iga sotiladi.

So‘nggi yillarda yurtimizda 2 milliard dollar investitsiya hisobiga quvvati 2,6 gigavatt 10 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, umumiy qiymati 19 milliard dollar bo‘lgan 18,6 gigavattli 32 ta “yashil” loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda. Umuman, 2030 yilgacha energetika balansida qayta tiklanuvchi quvvatlar ulushini 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi'ning rasmi

Siyosat 22.11.2024 07:46

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi

Elchi G‘ayrat Fozilov ishonch yorliqlarini topshirdi.

'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

Siyosat 20.11.2024 11:06

Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

Siyosat 19.11.2024 12:01

Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

Siyosat 18.11.2024 11:53

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

Siyosat 15.11.2024 19:59

Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

'2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

Siyosat 15.11.2024 17:41

2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.