AsosiyDunyo

Isroilda vazirlarga TikTokdan foydalanish taqiqlandi

Taqiq hukumat telefonlaridan ma’lumotlarni o‘g‘irlash xavfining oldini olishga qaratilgan.

'Isroilda vazirlarga TikTokdan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

Isroilda vazirlar va ularning xodimlariga davlat telefonlariga xorijiy davlatlar tomonidan boshqariladigan ilovalarni o‘rnatish taqiqlandi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Taqiq, xususan, TikTok Ijtimoiy tarmog‘iga ham tegishli. Ushbu qonun loyihasi knesset a’zosi Orit Farkash-Xakoen tomonidan kiritilgan.

Taqiq hukumat telefonlaridan ma’lumotlarni o‘g‘irlash xavfining oldini olishga qaratilgan. Ma’lumot olish mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va Eronni tilga olingan.

Qonun loyihasi Milliy xavfsizlik kengashi, TikTok va Maxfiylik idorasi vakillarini o‘z ichiga olgan qo‘mita yig‘ilishida muhokama qilinganidan keyin taqdim etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar