AsosiySiyosat

Endi "propiska" bo‘yicha hududlararo ayirmachilik bo‘lmaydi

Toshkent va viloyatliklar orasida "propiska" tizimi bo‘yicha o‘zgarishlar joriy etilmoqda.

'Endi "propiska" bo‘yicha hududlararo ayirmachilik bo‘lmaydi'ning rasmi

O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joyi bo‘yicha xabardor qilishi tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda fuqarolarimiz mamlakat hududi bo‘ylab emin-erkin harakatlanmoqda, shu jumladan Toshkent shahri va viloyatida turar joy sotib olish, ishga joylashish, tibbiy va boshqa ijtimoiy xizmatlardan to‘siqsiz foydalanmoqda, chet davlatlarga hech qanday qiyinchiliklarsiz borib kelishmoqda.

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonun sababli fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan yuqorida ta’kidlangan Qonun bekor qilinib, respublika bo‘yicha fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishining yagona tartibini joriy etish, shuningdek, vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibini takomillashtirgan holda turar joy bo‘yicha xabardor qilish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida, boshqa viloyatlar uchun esa alohida ro‘yxatga olish tartibi bo‘lmaydi, bunday amaliyotdan voz kechiladi, respublika bo‘yicha bir xil tartib amal qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 18:04

    Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi

    Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

    'Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 17:50

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi

    Uning rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

    'Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 08:46

    Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

    Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgandi.

    'Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.05.2025 15:12

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

    'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 29.04.2025 11:52

    Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

    Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

    'Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 18:09

    Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

    Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.