AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi bog‘chada bolalar suvsiz qoldi(mi?)

Hatto daraxtlar ham suvsizlikdan kurib qolayotgani aytilmoqda.

'Surxondaryodagi bog‘chada bolalar suvsiz qoldi(mi?)'ning rasmi

Surxondaryodagi bog‘chada ichimlik suvi yo‘qligi va xatto daraxtlar ham qurib qolgani aytilmoqda. Bu bo‘yicha Bolalar ombudsmaniga murojaat kelib tushgan. 

Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan. 

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi. 

O‘rganish davomida murojaatdagi holat tasdig‘ini topib, maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalariga 4 dona sovutgich texnikasi o‘rnatildi.

Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum qilindi.

Hozirda hududiy budjetdan 2024 yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi. 

Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 09:31

1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

'“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

Jamiyat Bugun 09:23

“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 08:05

Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.

'Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 07:40

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birinchi sayyohlik poyezdi Toshkentga yetib keldi

Poyezd "Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishida yo‘lga chiqqan.

'Bosh vazir o‘rinbosarlari tayinlandi'ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 17:19

Bosh vazir o‘rinbosarlari tayinlandi

Prezidentning vazirlarni tayinlash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

'“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi'ning rasmi

Jamiyat 21.11.2024 16:34

“Umra” ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta tur firmaga litsenziya berildi

"Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan.