AsosiyJamiyat

Uchta vazirlikning 400 ga yaqin rahbar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik ushbu qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘ygan.

'Uchta vazirlikning 400 ga yaqin rahbar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi'ning rasmi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.  

Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga chek qo‘yildi.

    Boshqa yangiliklar