Moskva viloyatida O‘zbekistondan kelgan migrantni o‘rmonda unutib qoldirgan ikki politsiyachi sudlanadi. Erkakning jasadi bir necha oydan keyin topildi. Bu haqda Mash xabar berdi.
Shu yil may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qo‘lga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi o‘rmonga "o‘ziga kelishi uchun" tashlab ketishgan. Ta’kidlanishicha, ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelishmagan, oqibatda u o‘rmonda adashib qolgan.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Uning qoldiqlari faqat sentyabr oyida topilgan – uni hayvonlar yeb ketgan.
Jabrlanuvchini oxirgi bo‘lib ko‘rgan kichik leytenant va katta serjant qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari ishdan bo‘shatilgani va vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani ta’kidlanmoqda.