AsosiyJamiyat

Ayollar muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi

Bu haqida Hukumat qarori qabul qilindi.

'Ayollar muammolarni o‘rganish moduli ishga tushiriladi'ning rasmi

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.
 
Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o‘rganish moduli) ishga tushiriladi.

Muammolarni o‘rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo‘yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta’minlanadi.

2024 yil 1 oktyabrgacha:

Muammolarni o‘rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;

Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘rganib chiqish va hal etishni ta’minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o‘rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.