“Olot” bojxona postida Turkmanistondan kelgan fuqaro to‘xtatildi. Uning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgani sabab chuqurlashtirilgan ko‘rikka yo‘naltirildi. Zamonaviy skanerlash uskunalari yordamida erkak o‘z tanasi ichida og‘irligi 310 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlarini yashirgani aniqlandi.
Shuningdek, “Buxoro aeroporti” bojxona postida Turkiyadan kelgan yo‘lovchi tekshirilganda, uning bagajidan bojxona bojsiz olib kirish me’yoridan ortig‘ — 108,3 gramm zargarlik buyumlari topildi.
Barcha taqinchoqlar musodara qilinib, vaqtincha saqlovga qo‘yildi. Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda.






