AsosiyJamiyat

"Quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q"

Energetika vazirligi tadbirkorlarning quyosh panellarini o‘rnatishga majburlashga qarshi ekanligini bildirdi.

'"Quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q"'ning rasmi

So‘nggi paytlarda mamlakatimizning ba’zi bir hududlarida tadbirkorlik subyektlari quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu to‘g‘risida ayrim mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ravishda rasmiy xat ham yuborilayotgani va o‘rnatmasa, elektr ta’minotidan uzib qo‘yilishi to‘g‘risida tahdid bo‘layotgani xususida shikoyatlar yangramoqda. 

Energetika vazirligi mazkur mavzudagi mavjud shikoyatlarni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qilishni lozim topdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident qarorlari bilan sohadagi munosabatlarni yanada rivojlantirish va elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan samarali va tejamkor foydalanishi bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish, quyosh panellari, quyosh suv kollektorlari o‘rnatish imkoniyati bor tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlari uchun mazkur jihozlarning targ‘ibot-tashviqotini kuchaytirish singari vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan.

"Biroq kimnidir quyosh paneli o‘rnatishga majburlash, o‘rnatilmagan taqdirda esa, uni tarmoqdan uzib qo‘yish bilan ogohlantirish masalasi hech bir qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan. 

Demakki, bunday qilish qonunchilikka zid va Energetika vazirligi bu kabi xatti-harakatlarni mutlaqo yoqlamaydi.

Ikkinchidan, bugun mamlakatimizga quyosh panellari va uning butlovchi qismlarini olib kirayotgan korxonalar soni ham kun sayin ortib bormoqda.

Ayrim “iqtisodchi”lar ta’kidlaganidek, ushbu mahsulotlarning importini qandaydir 1-2 ta tashkilot ruxsat orqali amalga oshirmayapti hamda bularning faoliyati Energetika vazirligi tomonidan boshqarilmaydi", deyiladi rasmiy munosabatda.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili 5 kVt quvvatga ega “on grid” tizimidagi quyosh paneli narxi o‘rtacha 50 mln so‘m, “off grid” tizimidagi esa 65 mln so‘m turgan bo‘lsa, 2024 yilning sentyabrida bu narxlar 35 mln so‘m va 45 mln so‘mni tashkil qilyapti. Bu avvalo mavjud raqobat muhitining ta’siri bo‘lsa, ikkinchidan, asosiy ishlab chiqaruvchi Xitoydagi narxlarning tushishi ham bunga sabab bo‘lgan.

" Uchinchidan, shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2023 yilning 1 oktyabridan yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun, 2024 yilning 1 may sanasidan e’tiboran esa aholi iste’molchilari uchun energoresurslar tarif narxlarining tabaqalashtirilgan ravishda oshirilishi iste’molchilarda quyosh paneli hamda geliokollektorlarga nisbatan qiziqishni tabiiy ravishda kuchaytirdi. Xususan, joriy yilning 1 avgustigacha “Quyoshli xonadon” dasturi bo‘yicha jami 44 516,4 kVt quvvatga teng 13 ming 324 ta, yuridik iste’molchilar bilan esa jami 197 201 kVt quvvatga teng 8 ming 776 ta shartnoma imzolangan. Bu yurtdoshlarimizning barchasi quyosh panelini o‘z xohishi bilan o‘rnatgan.

Energetika vazirligi tadbirkorlik subyektlarini quyosh paneli o‘rnatishga majburlash bilan mutlaqo kelishmaydi. Ammo tadbirkorlarimiz ham quyosh paneli qo‘yish o‘z biznesi uchun foydali ekanligini anglab yetishsa, nur ustiga nur bo‘lur edi. Qolaversa, bugun bu bozorda taklif qiluvchi ham, talabgor ham, kimlardir o‘ylaganidek, kam emas", deydi vazirlik.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:41

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi

    Prezident mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

    'O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:26

    O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi

    O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda va uning muvaffaqiyatli kelajagi ko‘p jihatdan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligiga bog‘liq.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:06

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:31

    Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi

    Samarqand viloyatida ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi holati o‘rganildi

    'O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:06

    O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo va Germaniya" Investorlar va tadbirkorlar kengashini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

    '“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 14:14

    “Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda

    Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.