AsosiyDunyo

China Southern Airlines Pekin va Urumchidan Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

Shuningdek, Xitoyning Guanchjou shahridan parvozlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

'China Southern Airlines Pekin va Urumchidan Toshkentga parvozlar sonini oshiradi'ning rasmi

O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida 10 sentyabr kuni Transport vazirligida Xitoyning China Southern airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi. 

Muzokaralar natijasiga ko‘ra China Southern airlines aviakompaniyasining Pekin – Toshkent yo‘nalishida haftalik aviaqatnovlarini 4 tadan 7 taga oshirish, Urumchi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini esa 3 tadan 4 taga oshirish, shuningdek, 2025 yildan boshlab Guanchjou – Urumchi – Toshkent yo‘nalishida haftasiga 3 ta aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

    Boshqa yangiliklar