AsosiyJamiyat

“Yangi Toshkent” hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Yuzaga kelgan yong‘in 10 gektar maydonni egallagan.

'“Yangi Toshkent” hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 11 sentyabr kuni soat 12:34da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Yuqorichirchiq tumani, "Istiqlol" mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonida quruq o‘t va shox-shabba yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Viloyat FVB xabariga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari va 20 nafar shaxsiy tarkib jalb qilingan. Yong‘in o‘chirish ekipajlari yong‘in joyiga soat 12:47 da yetib borib, alanga soat 14:20 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha yuzaga kelgan yong‘in 10 gektar maydonni egallagan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar