AsosiyDunyo

Rossiya Kursk viloyati g‘arbida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi

Rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarini Kursk viloyatidagi to‘qqizta aholi punktidan siqib chiqargan.

'Rossiya Kursk viloyati g‘arbida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi'ning rasmi

Ukrainaning OSINT- DeepState loyihasi 11 sentyabrga o‘tar kechasi “Guruhimizning Kursk viloyatidagi chap qanotidagi vaziyat yomonlashdi”. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, rus qo‘shinlari zirhli texnikalarini Seym daryosi orqali olib o‘tgandan so‘ng faol hujum operatsiyalarini boshlagan. DeepState ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatining Korenevskiy tumanida ilgari Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida bo‘lgan hududga kirishgan.

“Rossiya harbiylari Ukraina qo‘shinlarining ko‘priklar ustidagi hujumlariga qaramay, daryodan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi”, —deya qayd etadi Amerika tashqi siyosati tadqiqot instituti tahlilchisi Rob Li.

Rossiya Federatsiyasi Korenevskiy tumanidagi Snagost va Apanasovka aholi punktlarini "ozod qilgan va tozalashni boshlagan". Yana bir Telegram kanalning yozishicha, 9-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan janglarda rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarini Kursk viloyatidagi to‘qqizta aholi punktidan siqib chiqargan.

    Boshqa yangiliklar