Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzodaga pichoq bilan hujum oqibatida yaralangan. Bu haqda Tojikiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar qildi.
“11 sentyabr kuni soat 17-20 larda Dushanbe shahar markaziy masjidi yonida bir fuqaro bezorilik niyatida namozdan keyin Tojikiston Respublikasi ulamolari raisi Abdulqodirzoda Saidmukarramning tanasiga teshuvchi asbob bilan urgan va jamoat tartibini buzgan”, deyilgan rasmiy xabarda.
Jinoyatchi o‘z vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Abduqodirzoda yengil tan jarohatlari olib, shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, uyiga jo‘natilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: Saidmukarram Abduqodirzoda 61 yoshda, 2010 yil oktyabridan buyon Tojikiston Ulamolar kengashiga rahbarlik qilib keladi.