AsosiyJamiyat

5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyadan deportatsiya qilindi

Ushbu fuqarodan jabr ko‘rganlardan murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

'5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyadan deportatsiya qilindi'ning rasmi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1977 y.t. Abdullayev Otabek Mashrabovich Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi. 

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi. 


    Boshqa yangiliklar