AsosiyJamiyat

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsertlarining yangi mavsumiga start berilmoqda

Shu munosabat bilan mavsum ochilishi hamda munosiblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

'O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsertlarining yangi mavsumiga start berilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 17-sentyabr kuni soat 19:00da poytaxtimizning "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida konsertlar mavsumining unutilmas ochilishi hamda munosib ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida filarmoniya Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda dilga yaqin qo‘shiqlar va betakror raqslar, jahon hamda o‘zbek klassik musiqalari ijro etiladi,  shuningdek, samarali mehnat qilayotgan filarmoniya ijodkorlarini taqdirlash jarayonlari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar