AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Davlat kadastrlari palatasi Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilayotgan mahallalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

'Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi'ning rasmi
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga qisman o‘tkazilayotgan mahallalar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.

Yuqori Chirchiq tumanidan qisman 11 ta mahalla:

"Istiqlol", "Gulobod", "Navro‘z", "Qorasuv", "Oq ovul", "Jumabozor", "Nurli yo‘l", "Farovon", "Yangi hayot", "Sahovat" va "Qizilsoy" MFYlar 

O‘rta Chirchiq tumanidan esa qisman 3 ta mahalla:

- Mustaqillik MFY;

- Yangi Turmush MFY;

- Mash’al MFY.

    Boshqa yangiliklar