Futbol bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tanilishi va mamlakatga bo‘lgan qiziqishning sezilarli darajada oshishiga xizmat qildi.
Ma’lum qilinishicha, Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston haqidagi internet qidiruvlari 450 foizga ko‘paygan.
Shuningdek, xalqaro axborot makonida O‘zbekiston va milliy terma jamoa ishtiroki haqida 3 milliondan ortiq material e’lon qilingan.
Xorijiy ommaviy axborot vositalari, YouTube platformasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga bag‘ishlangan 3,4 milliondan ziyod post va videomaterial joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, “Uzbekistan” kalit so‘zi bo‘yicha qidiruvlar 40 foizga, “Tourism to Uzbekistan” mavzusidagi qidiruvlar esa 10 foizga oshgan.
Bundan tashqari, “Travel Uzbekistan” qidiruv so‘rovi Google Trends shkalasida eng yuqori — 100 ball ko‘rsatkichiga erishgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston haqidagi materiallar dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritilgan.






