Dolald Tramp Kamala Xarris bilan munozaralarning navbatdagi raundida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda AQSH OAVlari xabar tarqatdi.
Sobiq prezident raqibiga “so‘nggi to‘rt yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlar”ga e’tibor qaratishni maslahat bergan. Tramp avvalgi debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
“Xarris Fox telekanalidagi debatga kelmadi va NBC va CBS telekanallarida chiqishdan bosh tortdi. Uchinchi debat bo‘lmaydi”, deb yozdi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp.