AsosiyJAMIYAT

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari e’lon qilindi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

'“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari e’lon qilindi'ning rasmi

Bugun, 29 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning bir guruh yoshlarni “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. 

Qarorga muvofiq, “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarning har biriga O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Prezident qaroriga ko’ra, quyidagi yoshlar “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi:

  • Rahim Tolibay o’g’li Allashov — O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Qoraqalpog’iston Respublikasi);
  • Nodirbek Turg’un o’g’li Alimbayev — To’rtko’l tumanidagi “Ullubog” ovul fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog’iston Respublikasi);
  • Oybek Abdumannob o’g’li Teshaboyev — Andijon davlat texnika instituti doktoranti (Andijon viloyati);
  • Doniyorbek Damirjon o’g’li Xursanov — O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri (Andijon viloyati);
  • Daler Rahmonovich Rahimov — 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo’mitasi a’zosi (Buxoro viloyati);
  • Sherali Shuhrat o’g’li Mustaqimov — O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar markazi katta inspektori (Buxoro viloyati);
  • Zokirov Jahongir Lazizbek o’g’li — O’zbekiston milliy boks terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati);
  • Javohir Aliboy o’g’li Abduholiqov — O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad mutaxassisi (Jizzax viloyati);
  • Javohir Tursunpo’lat o’g’li Xudoyqulov — O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlari harbiy xizmatchisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Dilshodbek Ulug’bek o’g’li Yo’ldoshev — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati);
  • Hayot Yo’lchiyevich Istamov — Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o’qituvchisi (Navoiy viloyati);
  • Hazrat Akramjon o’g’li Salimjonov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Navoiy mashinasozlik zavodining muhandis-texnologi (Navoiy viloyati);
  • Elmurod Tursunali o’g’li Astanaliyev — Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi (Namangan viloyati);
  • Umidjon Javlon o’g’li Karimov — Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo’lim katta tezkor vakili (Namangan viloyati);
  • Shohzodbek Elbek o’g’li Elbekov — O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad komandiri (Samarqand viloyati);
  • Dilshodjon Rayimberdi o’g’li Xudoyberdiyev — Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo’limi sportchisi (Samarqand viloyati);
  • Otabek Shuhrat o’g’li Xolmatov — Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati);
  • Bektosh Qodirberdi o’g’li Musurmonqulov — O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh mutaxassisi (Sirdaryo viloyati);
  • Najmiddin Abdujabbor o’g’li Qosimxo’jayev — O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati);
  • Sarvar Nurislom o’g’li Noraliyev — O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri (Surxondaryo viloyati);
  • Aytjan Daniyor o’g’li Xalmakhanov — Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
  • Yevgeniy Alekseyevich Larin — Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
  • Qudratbek Ulug’bek o’g’li Muhammadjonov — Farg’ona davlat texnika universitetining 2-bosqich magistranti (Farg’ona viloyati);
  • Shuhratjon Muzaffarjon o’g’li Muhammadxonov — O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy musiqa akademik litseyi komandiri (Farg’ona viloyati);
  • Artur Ixtiyor o’g’li Rajabov — O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh (Xorazm viloyati);
  • Qodirbergan Olimboy o’g’li Aminboyev — Urganch davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);
  • Humoyun Xusniddinovich Begmuratov — O’zbekiston erkaklar shaxmat terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri);
  • Pahlavon Farrux o’g’li G’ulomov — Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi (Toshkent shahri).

Eslatib o’tamiz, avvalroq Yoshlar kuni munosabati bilan O’zbekistonning bir guruh faol va tashabbuskor yoshlari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar