AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

'Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Mercedes-Benz" rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

"Toshshahartransxizmat"ning ma’lum qilishicha, nosozlik 171-sonli "Bo‘zsuv markazi – Chilonzor metrosi" yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus Bunyodkor shox ko‘chasidan harakatlanib borayotgan vaqtda, avtobusning turbonaduv qismidagi nosozlik sababli tutun chiqarish qismi (glushitel)dan moy sizib chiqishi oqibatida tutun chiqqan. 

Avtobus haydovchisi ushbu holatni ko‘rib, soat 09:40da "7-avtobus saroyi" filialining navbatchi nozimasiga axborot bergan va avtobus zudlik bilan avtobus saroyiga qaytarilgan. Hozirda  "7-avtobus saroyi" filialining texnik mutaxassislari tomonidan avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilayotganligi ma’lum qilindi.

9 sentyabr kuni ham Toshkentda 144-sonli avtobusi tutab ketgan edi. 

    Boshqa yangiliklar