AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

U xalqaro aeroportga “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan.

'O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Joriy yilning 17 sentyabr kuni “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati ma’lum qildi.

Natijada sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona “STALKER” pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘qlar borligi aniqlandi. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar