AsosiySIYOSAT

Saida Mirziyoyeva Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

'Saida Mirziyoyeva Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, uchrashuv davomida O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

"Fransiya O'zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo'lib qolmoqda. O'zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta'lim va sog'liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi", deb yozadi u.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O'zbekiston Markaziy Osiyoda ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeini saqlab qolgan holda, Fransiya hamda umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatida ekanini ta'kidlagan.

    Boshqa yangiliklar