AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi YTHda uch sinfdosh vafot etdi

Dahshatli halokatga uchragan "Nexia-2" va "VAZ-2107" avtotransport vositalarini boshqarib kelayotganlarning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

'Surxondaryodagi YTHda uch sinfdosh vafot etdi'ning rasmi

2024 yil 17 sentyabr kuni soat  03:15 larda Sariosiyo tumani, “Shabnam” MFY hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lining 1463 kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Viloyat YHXB Axborot xizmatining xabar berishicha, 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro “Neksiya-2” ni  “Denov-Sariosiyo” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib qarama-qarshi yo‘lakdan harakatlanib  kelayotgan 2005 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” bilan to‘qnashib  YTH sodir etgan. 

Hodisa joyidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "VAZ-2107" salonida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etib, ikkala avtotransport vositasidagi qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar