Joriy yilning 20 sentyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati hamda Turkiyaning “Onur Group” kompaniyasining Moldova va Ruminiya davlatlaridagi loyihalar bo‘yicha direktori Bulent Tatar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning qurilish va muhandislik sohalaridagi faoliyati, xususan, ko‘prik, tonnel, to‘g‘on, aeroport, tramvay va temir yo‘llar qurilishi, shuningdek, shahar infratuzilmasi bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish tajribasi xususida ma’lumotlar taqdim etildi.
Xususan, DXSH asosida 4P12 “Bektemir sh. – Chirchiq sh. – G‘azalkent sh.– Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6–77 km qismini asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pullik yo‘lga o‘tkazish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun keltirilishicha, loyiha joriy yilning 18 sentyabr kuni “Onur Group” kompaniyasi ekspertlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olish yuzasidan kelishuvga erishdi.