AsosiyJamiyat

O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarliklari uchun qamaldi

U Milliy gvardiya va IIO xodimlari talablariga ham bo‘ysunmagan.

'O‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi boshqa huquqbuzarliklari uchun qamaldi'ning rasmi

Toshkentda birinchi ish kunida o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi  boshqa bir qancha huquqbuzarliklari uchun qamaldi. Bu haqida Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni 44 yoshli o‘qituvchi qizi tahsil oladigan 204-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga borib, maktab rahbariyati bilan tortishib, maktab direktorining o‘rinbosari G‘.M. (ayol) ga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. 

Ayoldan jamoat joyida tartibiga rioya qilishi so‘ralganida, maktab hududida Milliy gvardiya va IIO xodimlariga nisbatan g‘ayriijtimoiy munosabatda bo‘lib, ularning qonuniy talablarini bajarmasdan keskin qarshilik ko‘rsatgan. Ushbu noqonuniy harakatlarini R.O. ko‘plab maktab o‘quvchilari ko‘z o‘ngida sodir etgan.

25 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

Unga sud tomonidan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasining 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 197 (5) moddasi (Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) bilan aybdor deb topilib, BHM ning 3 baravari (1 020 000 so‘m) va BHMning 7 baravari (2 380 000) so‘m jarima tayinlandi va uzil-kesil ma’muriy jazo sifatida 7 sutka ma’muriy qamoq jazo chorasi qo‘llanildi. 

Shu bilan birga, R.O. ning Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabda 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan sodir etgan harakati yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini eslatamiz.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 20:17

    Yana bir xonanda jarimaga tortildi

    Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

    'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 18:50

    Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

    'Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:42

    Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

    Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida g‘olib chiqdi.

    'O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 17:37

    O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

    Dam olish kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 16:01

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

    Jamiyat04.10.2024 15:48

    Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

    Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.