AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

'Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Chen Vensin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Delegatsiya rahbari Chen Vensin davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada qabul qilingan qarorlar asosida rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, narkotrafik kabi xavfsizlikka tahdid solayotgan an’anaviy va yangi xatarlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni kengaytirish va sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu kunlarda bo‘lib o‘tgan Huquqni muhofaza qilish faoliyati va xavfsizlik sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik mexanizmining birinchi yig‘ilishi natijalari yuqori baholandi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.

    'Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 10.12.2024 08:26

    Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchilardan ishonch yorliqlarni qabul qilib oldi.

    'Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 09.12.2024 16:16

    Bosniya va Gersegovinaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

    Baxtiyor Saidov Ivan Orlichdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.