AsosiyJamiyat

Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi

1 dekabrdan ishga tushadigan ushbu tizim fermer va dehqon xo‘jaliklarining nufuzini oshirish, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga ko‘maklashishga qaratilgan.

'Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

  • iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish, ular o‘rnida intensiv bog‘ va tokzor barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida xulosani qabul qiluvchi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog‘ va tokzorlar deb xulosa berilgan sanadan boshlab 12 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzorlar barpo etilmagan taqdirda ushbu bog‘ va tokzorlar joylashgan maydonlar uchun yer solig‘i 3 baravarga oshiriladi;
  • tashabbuskorlar yangi bog‘larni barpo etishda o‘z ehtiyojlari uchun xorijiy davlatlardan belgilangan ro‘yxatdagi payvandtagli mevali ko‘chatlar va payvandtaglar, payvandustlari, onalik materiallari va texnikalarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlaridan ozod etiladi.

2024 yil 1 dekabrdan fermer va dehqon xo‘jaliklarining nufuzini oshirish, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga ko‘maklashishga qaratilgan “meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash” tizimi joriy etiladi.

Agentlik meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlar, issiqxona xo‘jaliklari hamda Agentlik manfaatlarini ko‘zlab sudga kiritilgan da’volar va shikoyatlar yuzasidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi

    Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

    Mazkur holat jamoatchilik orasida turli talqin va taxminlarga sabab bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati jazoning negi yengilroqqa o‘zgartirilgani bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

    '"Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:41

    "Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"

    Baxtiy Toshkentiyning oʻgʻli Bekzod Zafarov panjara ortidagi hayoti haqida gapirib berdi.

    'AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:23

    AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    Америка Қўшма Штатларида ноқонуний бўлиб турган 44 нафар Ўзбекистон фуқароси ватанга қайтарилди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:38

    'Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:00

    Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi

    Ayni paytda ushbu yopiq turdagi ayollar jazoni ijro etish koloniyasida saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning ahvoli o‘rganildi.