Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yuk mashinasi yengil avtomashinalarni ortidan surib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, holat 2024 yil 1 oktyabr kuni soat 18:15 lar atrofida Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42 km.da sodir bo‘lgan.
Yuk transport vositasi harakatlanib kelayotib tormoz qismida nosozlik yuzaga kelganligi sabab, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yettita yengil transport vositalarining ortidan kelib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.