Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Hamkorbank” ATBning onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlangan.
Xususan, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m - Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan.
Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilgan.
Bunda, mikroqarz bank xizmati bo‘yicha faqatgina kreditning miqdori haqida axborot berilgan bo‘lib, reklama axborotida ushbu kreditning qolgan muhim shartlari ko‘rsatilmagan.
Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qildi.