AsosiyJamiyat

Alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Sohada yangi tizimlarni yaratishda ishlab chiqaruvchi korxonalarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqildi.

'Alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Suhbat davomida iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi, xavfni tahlil qilish tizimi, iste’mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimini boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish masalalari muhokama etildi.

Sohada bu kabi yangi tizimlarni yaratishda ishlab chiqaruvchi korxonalarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqildi.

Bu jarayon respublikadagi barcha spirt va alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalarni qamrab oladi va bu orqali mahsulotlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirish hamda aksiz solig‘i to‘lovlarini to‘liq hisobga olish imkoniyati oshiriladi.

Joriy yilda 68 ta iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida realizatsiya qilingan etil spirti hamda ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari miqdorining onlayn hisobini yuritadigan elektron o‘lchov uskunalarining hisobga olish axborot tizimiga integratsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatilishi yuzasidan qo‘shimcha talabnomalar yig‘ilib, zarur choralar ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    'Dollarning rasmiy kursi yana oshdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 16:16

    Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Oliy ma’lumotlilarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:42

    Oliy ma’lumotlilarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

    Kursni tugatganlar yuridik xizmatlari va FHDYOda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

    'Seuldan uchib kelgan yo‘lovchi sumkasidan 99 ta smartfon chiqdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:23

    Seuldan uchib kelgan yo‘lovchi sumkasidan 99 ta smartfon chiqdi

    Ularning umumiy qiymati salkam 207 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

    'Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    JamiyatBugun 15:11

    Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston yetakchisi MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

    'Afrosiyob tezyurar poyezdlari harakatlanish jadvaliga o‘zgartirish kiritildi'ning rasmi

    JamiyatBugun 14:42

    Afrosiyob tezyurar poyezdlari harakatlanish jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

    “Temiryo‘lekspress” o‘zgartirishlar jadvalini e’lon qildi.

    'Xorijda tahsil olayotgan o‘zbek talabalari soni bo‘yicha TOP 10 ta davlat'ning rasmi

    JamiyatBugun 13:19

    Xorijda tahsil olayotgan o‘zbek talabalari soni bo‘yicha TOP 10 ta davlat

    YUNЕSKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga dunyo bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6859,4 ming nafarga yetdi.