AsosiyJamiyat

Oliy ma’lumotlilarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi

Kursni tugatganlar yuridik xizmatlari va FHDYOda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

'Oliy ma’lumotlilarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi'ning rasmi

Kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma’lumotli shaxslar hujjat topshirishi mumkin.

Hujjatlar 2024 yil 2 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda qabul qilinadi. 

Buning uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • fuqarolik pasporti;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
  • 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Qabul kvotasi 100 nafarni (o‘zbek tilida) tashkil etadi. 

To‘lov-kontrakt miqdori – 15 700 000 so‘m.

Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

 Eslatib o‘tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: +998(71) 233-22-14

    Boshqa yangiliklar