AsosiyJAMIYAT

Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.

'Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YUNESKO bosh direktori Xolid al-Anoniy bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

Uchrashuvda Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari doirasida erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.

Tomonlar inson kapitali, sunʼiy intellekt va kreativ industriyalarni rivojlantirish, xotin-qizlar yetakchiligini qoʻllab-quvvatlash hamda madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

"YUNESKO bosh qarorgohidagi har bir uchrashuv strategik sherikligimizni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar