AsosiyJAMIYAT

Toshkent viloyatida ikki yuk mashinasi to‘qnashdi. "KamAZ" yonib ketdi.

Yong'in voqea joyiga yetib kelgan yong'in-qutqaruv bo'linmalari tomonidan bartaraf etilgan.

'Toshkent viloyatida ikki yuk mashinasi to‘qnashdi. "KamAZ" yonib ketdi.'ning rasmi

Kecha, 29 iyun kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ikki yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida "KamAZ" rusumli yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 18:30 larda M39 "Toshkent – Termiz" avtomobil yo‘lining Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi 848-kilometrida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "KamAZ" rusumli yuk avtomobili "Sirdaryo – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqib ketib, MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng "KamAZ"da yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in voqea joyiga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan bartaraf etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar