AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Respublikada harorat biroz pasayadi.

'Bugun Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi,faqat Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz  yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Poytaxtimizda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining  tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv  toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar