AsosiyJamiyat

Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi o`z ishini boshladi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) kuzatuvchilari missiyasi rahbari, IHTning siyosiy departamenti direktori Ali Abolhasani Shaxreza Toshkentga keldi.

Bugun Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomovning IHT kuzatuvchilari missiyasi rahbari va a`zolari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv chog`ida Missiya a`zolari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ta`kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi ochiq va oshkora saylov to`g`risidagi qonunlar talablariga va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Shu kunning o`zida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazida IHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari Ali Abolhasani Shaxreza brifing o`tkazdi.

Anjumanda ta`kidlanganidek, IHT kuzatuvchilar missiyasi saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko`rish, uning borishi va natijalarini milliy qonunchilikka, xalqaro shartnomalar va qabul qiluvchi davlat majburiyatlariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholaydi.

Kuzatuv natijalari bo`yicha IHT kuzatuvchilar missiyasi hisobot tayyorlaydi va saylovlarni tashkil etish yuzasidan o`z baholarini va e`tirozlarini taqdim qiladi, shuningdek ovoz berish tugagach bayonot beradi. Bayonot matni Missiya rahbari tomonidan imzolanadi va IHT a`zo-davlatlarining saylov o`tkazuvchi davlat organlariga taqdim etiladi, shuningdek jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari e`tiboriga etkaziladi.

Eslatib o`tamiz, IHT kuzatuvchilar missiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va parlament saylovlarida ishtirok etgan.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

 

    Boshqa yangiliklar