AsosiyDunyo

OAV Barak Obamaning komediya serialida suratga tushish rejasi borligidan xabar topdi

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uydan ketganidan keyin shaxsiy mediakompaniya ochishni rejalashtirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Barak Obama Netflix videokanalidagi shouda qatnashishni yoki komediya saytidagi serialda ishtirok etishni, shu bilan birga shaxsiy mediakompaniyasini ochishni maqsad qilgan. O`z rejalarini muhokama qilish uchun u Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan ham uchrashgan.

Oq uyning kommunikasiya bo`yicha direktori Jen Psaki bu ma`lumotlarni rasman inkor etib, shunday dedi: “Barak Obama yoshlar bilan ishlashni, axborot uzatish usullari, tizimini o`zgartirishni istaydi. Bu degani uning vazifasidan ozod bo`lgandan keyin mediabiznes bilan shug`ullanadi, degani emas”. 

Barak Obama 2017 yilning yanvar oyida AQSh prezidentligi vazifasini Donald Trampga topshiradi. U qizi Sasha maktabni bitirguncha, Vashingtonda, keyinchalik o`zi va rafiqasi tug`ilib o`sgan Gavayi yoki Chikagoda yashashini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar