AsosiySiyosat

Davlatimiz rahbari Yangiyo‘l tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini ko‘zdan kechirdi

“Mesal Water Technologies” korxonasida suv tozalash inshootlari uchun o‘ttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

'Davlatimiz rahbari Yangiyo‘l tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Yangiyo‘l tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu masala tez rivojlanayotgan Toshkent viloyati shaharalari uchun ham dolzarb.

Xususan, “Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining 3-bosqichi doirasida Chirchiq, Olmaliq, Angren va Bekoboddagi inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.

“Mesal Water Technologies” korxonasida shu kabi suv tozalash inshootlari uchun o‘ttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

Loyihaga 1,7 million dollar mablag‘ yo‘naltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kishi ish bilan ta’minlangan.

Bunday korxonalar faoliyatining kengayishi aholi farovonligi va salomatligiga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga ketmoqchi...'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga ketmoqchi...

    Tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

    'Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 19:27

    Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi

    “Elektron hukumat rivojlanish indeksi”da kamida 55-o‘ringa ko‘tarilishi uchun ishlab chiqilgan qator hujjat loyihalari ko‘rib chiqildi.

    'Qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 18:49

    Qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

    Qonun loyihasini tayyorlashda Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qirg‘iziston tajribasi o‘rganilgan.

    'O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi'ning rasmi

    Siyosat 01.07.2025 18:38

    O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini yil boshidan buyon 70 foizga oshirdi

    O‘zbekiston yanvar-may oylarida 261,85 mln dollarlik gaz eksport qilgan.

    'Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 30.06.2025 16:12

    Mahallada bitta bolaning noto‘g‘ri yo‘lga kirishi ham favqulodda holat bo‘lishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

    Prezident yoshlar bilan uchrashuvida yangi saylangan mahalla raislariga murojaat qildi.

    'Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Siyosat 30.06.2025 14:10

    Hokimlar har bir bolaga o‘z farzandidek qarashi kerak – Shavkat Mirziyoyev

    "Bu ishlar "kampaniyabozlik“ bo‘lmasligi zarur", "ana shunda Yangi O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning o‘zi qolmaydi",– Davlat rahbari.