AsosiyJamiyat

Poytaxtning Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati 1 oyga cheklanadi

Hududda yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

'Poytaxtning Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati 1 oyga cheklanadi'ning rasmi

Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

 "Shu sababli, joriy yilning 16 oktyabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar Bobur ko‘chasining ushbu qismida to‘rt chiziqli yo‘lning ikki chizig‘ida harakat cheklanishini, avtotransport oqimi esa qolgan ikki chiziqqa yo‘naltirilishini ma’lum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so‘rab,  yuzaga kelishi mumkin tirbandliklarning oldini olish uchun, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 17:12

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 16:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 16:15

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 15:57

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 15:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.10.2024 14:48