O‘zbekiston xalq baxshisi, Xalqaro baxshichilik san’ati festivali sovrindori, ko‘plab respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi, davlat mukofotlari sohibi Baxshiqul baxshi Tog‘ayev 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ta’ziyanoma e’lon qildi.
Baxshiqul Tog‘ayev baxshichilik san’atini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.
darakchi.uz jamoasi Baxshiqul baxshi Tog‘ayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.