AsosiyJamiyat

Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Mashinalar yonib ketgan va yana 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

'Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida 13 oktyabr kuni Spark va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa tungi soat 01:30 da Ulug‘nor tumani «O‘zbekiston» mahallasi hududidan o‘tgan 4R-81 Namangan-Mingbuloq transport qatnov yo‘lida sodir bo‘lgan.

Spark haydovchisi charchoq holatida uxlab qolib, rul boshqaruvini yo‘qotishi ortidan qatnov qismining qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan.

O‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas Spark bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida har ikkala transport vositalari to‘liq yonib ketgan.

Holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB tergov bo‘linmasi mas’ul xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    'Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:57

    Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi

    Tadbirda Eco-schools Uzbekistan loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.

    'SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:46

    SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

    Vazirlik ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanishini bildirdi.

    'Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:24

    Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    'Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:03

    Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    'Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:59

    Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi

    Viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi.

    '“Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi

    Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llab, deklaratsiya qabul qildilar.