AsosiyJamiyat

SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi

Vazirlik ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanishini bildirdi.

'SSV tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishni so‘radi'ning rasmi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha xabar berishga chaqirdi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, SSV tomonidan tibbiyot tizimida korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurashish, turli byurokratik va inson omili bilan bog‘liq to‘siqlarga barham berishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, vazirlik qoshida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha tezkor xabar berish, xato-kamchiliklarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Agar sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, 71 241-10-65 yoki 1203 qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Murojaatlar ish kunlari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi va ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘liq kafolatlanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:

  • vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy Telegram boti;
  • vazirlik qoshida kun-u tun faoliyat olib boruvchi 1003 qisqa raqamli Call-markaz;
  • vazirlikning info@ssv.uz elektron pochta manzili.

Xabarda ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi.

    Boshqa yangiliklar

    'Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:57

    Ziroat Mirziyoyeva “Yosh fermer” loyihasi doirasida Nukusda bo‘lib o‘tayotgan “Daladan dasturxongacha” ekologik ta’lim festivalida qatnashdi

    Tadbirda Eco-schools Uzbekistan loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi.

    'Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:41

    Andijonda Spark va Damas to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    Mashinalar yonib ketgan va yana 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

    'Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:24

    Qashqadaryoda 400 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

    'Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:03

    Toshkent markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

    'Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:59

    Toshkent viloyatida 1000 ta avtobus xarid qilinib, yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi

    Viloyatning ma’muriy markazi Nurafshon shahri va poytaxtga yangi qatnov liniyalarini ishga tushiradi.

    '“Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman nihoyasiga yetdi

    Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘llab, deklaratsiya qabul qildilar.