AsosiyJamiyat

Nikaraguaning birinchi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekiston va Nikaragua o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2007 yil 23 fevralda o‘rnatilgan.

'Nikaraguaning birinchi elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tdi'ning rasmi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Nikaraguaning mamlakatimizdagi birinchi elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silvani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"Nikaraguaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan va birinchi Elchisi Tatyana Daniela Garsiya Silva xonim bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ikki tomonlama munosabatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni o‘rganish mexanizmlarini muhokama qildik. Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi oxirida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Nikaragua tashqi ishlar vaziri Valdrak Jentske bilan muzokara o‘tkazgan edi. Ikki mamlakat TIV rahbarlari ko‘plab sohalarda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yaratishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston va Nikaragua o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2007 yil 23 fevralda o‘rnatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar