AsosiyJamiyat

Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonda eko-festivalda ishtirok etdi

Nukusda Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

'Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonda eko-festivalda ishtirok etdi'ning rasmi

"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FЕЕ ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8 noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "ZaminCreative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 17:45

    Kelgusi yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi

    Prezident huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    'Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:26

    Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

    Bunga qizchaning nazoratsiz qoldirilganligi sabab bo‘lgan.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 16:02

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 14:24

    Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

    2028 yil 1 yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

    'Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 12:26

    Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi

    Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi.

    'Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2024 11:41

    Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi

    Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.