AsosiyJamiyat

Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi

Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi.

'Farg‘onalik o‘quvchi qiz Microsoft kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk Ambassadori bo‘ldi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati 10-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Dilafruz Jo‘raboyeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga mo‘ljallangan Microsoft Learn Student dasturi Ambassadori bo‘ldi

Endilikda Dilafruz Microsoft'ning O‘zbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi va o‘zbekistonlik yoshlarni IT sohasiga jalb qilishga o‘z hissasini qo‘shadi.

“Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi. Texnik tomondan bilimlarim yaxshi bo‘lgani uchun meni nominatsiyaga qo‘yishdi. 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni a’lo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri Sun’iy intellekt texnologiyasi bo‘yicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar bo‘ldi.”

 Microsoft Student Ambassador bo‘lish nima beradi?

Ushbu maqomga ega bo‘lgan talaba texnik va yetakchilik bo‘yicha treninglar, Microsoft'ning keng ta’lim resurslariga kirish va kelajakni yaratishga ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlarni birlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi. Talaba tomonidan yoshlar uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga uchun xomiylik beriladi. Kompaniyaning barcha mahsulotlari premium talqinlari bepul taqdim etiladi.

Ayni damda Dilafruz Yandex uchun o‘qish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi o‘tsa Yandexning katta loyihalariga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi

    Reyslarining keyingi harakat jadvali va batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravish e’lon qilinishi ta’kidlandi.

    'Oʻzbekiston aeroportlari 2025 yilda 15 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:18

    Oʻzbekiston aeroportlari 2025 yilda 15 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

    2025 yilda Oʻzbekiston aeroportlari 128 972 ta aviareys amalga oshirib, 15 504 264 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.

    'Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:14

    Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi

    Bugun, 21 yanvar kunida Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalarning bir grammi yangi rekord — 1 million 894 ming 820 so‘mga baholanmoqda.

    'Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:03

    Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi

    Namangan viloyati Pop tumanida yer masalalari bilan bog‘liq ikki holatda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlandi, ular tezkor tadbirlar davomida fosh etildi.

    'Jurnalist El'yor Tojiboyev 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34

    Jurnalist El'yor Tojiboyev 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Marg‘ilon shahri sudi “Antikorruptsiya” nashri muxbiri Elyor Tojiboyevni bir qator jinoyatlarda aybdor deb topib, 4 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi.

    'Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 20.01.2026 19:18

    Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik propagandist tahlikali bayonotidan keyin ishdan olingani aytilmoqda.