AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi

Bunga qizchaning nazoratsiz qoldirilganligi sabab bo‘lgan.

'Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi'ning rasmi

Bugun, 17-oktyabr kuni soat 11:44 da Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, “Birlik” mahallasida joylashgan nonvoyxonalarning biri hovlisidagi hojatxonaga 2023 yilda tug‘ilgan qizcha tushib ketgan.

Bunga qizchaning nazoratsiz qoldirilganligi sabab bo‘lgan. 

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib bordi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

    Boshqa yangiliklar