AsosiyJamiyat

Maelin De Lara: “O`zbekistondagi saylov jarayoni a`lo darajada tashkillashtirilgan”

Bugun O`zbekistonda saylov jarayonini borishini kuzatish uchun bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar ekspertlari hamda jurnalistlar tashrif buyurgan. 

Shulardan biri Maelin De Lara Diplomat Magazine jurnali bosh muharriri (Niderlandiya)

“Men o`z tajribam davomida dunyoning turli mamlakatlaridagi siyosiy tadbirlarda ishtirok etganman. Bir narsani aytishim mumkinki, O`zbekistondagi jarayonni hech bir mamlakatda ko`rmaganman. O`zbekistonga birinchi bor tashrif buyurgan bo`lsamda, bu erdagi siyosiy jarayonni tashrifimdan oldin ham kuzatib, o`rganib chiqdim. Shu o`rinda aytmoqchi bo`lganim, O`zbekistonda saylov jarayoni juda ham a`lo darajada tashkillashtirilibdi. Ushbu siyosiy jarayonda jurnalistlarning o`rni ayniqsa beqiyos, shu sababli ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, ulardagi ishchanlik ruhini alohida e`tirof etmoqchiman. Jurnalistlar uchun barcha sharoitlar mavjud. 

So`zimning so`nggida, men ikki kundan beri O`zbekistondaman, meni xalqingizning munosabati juda lol qoldirdi va aytish joizki, menda o`zbek xalqiga nisbatan muhabbat uyg`otdi.”

Boshqa yangiliklar