AsosiyJamiyat

Mahmud Saad Diab: “O`zbek xalqi o`zi ishongan munosib nomzodga ovoz berishiga ishonaman”

O`zbekistonga xorijiy kuzatuvchilar va jurnalistlarning tashrifi davom etmoqda.

Mamlakatimizga tashrif buyurgan yana bir xorijiy hamkasbimiz Misrdagi yirik Al-Ahrom gazetasi bosh muharriri Mahmud Saad Diab. U O`zbekistonda kechayotgan saylov jarayoni haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Sharq va G`arbni bog`lash siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirgan yutuqlarini Vatanimdan turib, doim kuzatib, o`z maqolalarimda yoritib borganman.

O`zbekistondagi saylov jarayonini kuzatish uchun taklif etilganimdan mamnunman. O`z yurtimga borgandan keyin o`zim guvohi bo`lgan jarayonni keng yoritmoqchiman.

Mamalkatingizda bo`lib o`tayotgan hozirgi siyosiy jarayonning mukammal darajada tashkil etilganligi meni quvotirdi. Ayniqsa ushbu jarayonda jurnalistlarga yaratilgan sharoitlar va hamkasblarimning undagi faolligi tahsinga sazovor.

Bu yilgi saylovlar avvalgilaridan ham ochiq va erkin tarzda o`tishiga va xalq o`zi ishongan munosib nomzodga ovoz berishiga ishonaman.

Saylov jarayonini yoritish bo`yicha tashkil etilgan press-klubga tashrif buyurganimda bu erda chet eldan kelgan biz kabi jurnalistlar uchun katta imkoniyatlar yaratilganligiga guvoh bo`ldim. Internetga ulangan kompyuterlar orqali har bir jurnalist o`z fikr va taasurotlarini dunyoga yoyish imkoniga ega.

Rostini aytsam, yaqinda o`tgan Amerikadagi Prezident saylovi jarayonida ham bu erdagi holatni kuzatmagandim.”

 

    Boshqa yangiliklar